Ro‘ziqul Berdiev mavsum oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qarshining "Nasaf" klubi 1-turda Samarqandda «Dinamo» jamoasi mehmoni bo‘ladi. Jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ushbu o‘yin haqida klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Yangi mavsum arafasida turibmiz, jamoamiz mavsumga qanday tayyorgarlik bilan kelmoqda?

- O‘zimiz ham mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutmoqdamiz. Yangi mavsumga tayyorgarlikni imkon darajasida yaxshi olib bordik, deb o‘ylayman. Bir necha kun oldin olimpiya terma jamoasiga taklif qilingan futbolchilarimiz ham safimizni to‘ldirishdi. Jamoa bilan butun e’tiborimizni 9 mart kuni «Dinamo» bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga qaratganmiz. Qanchalik bu Mavsumga tayyor ekanligimizni shu uchrashuvda ko‘rsatishga harakat qilamiz.

«Dinamo» jamoasi bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida ikki og‘iz fikringiz

- Yuqorida aytib o‘tganimdek hozir bor e’tiborimizni «Dinamo» bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga qaratganmiz. Jamoa tarkibidagi o‘yinchilar orasida yosh va tajribali o‘yinchilar bor. Bu yangi jamoa. Bu jamoa hali o‘z so‘zini aytadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!