Ro‘ziqul Berdiev: "Sherzodning o‘zini bunday tutishini qoralaymiz"

  • 19 oktabr, 2024, 06:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 21-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Nasaf" jamoasi o‘z maydonida "Surxon" klubini qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Yirik hisobda g‘alaba qozonishga etadigan vaziyat yaratdik. Birinchi bo‘lidmayoq buni amalga oshirishimiz kerak edi. Vaziyatdan foydalanmaganimiz uchun raqib bundan foydalandi. Bugun 2 ochko yo‘qotdik.

- Bugungi durangga Sherzodning xatosi sabab bo‘ldimi?

- Biz Sherzod bilan gaplashib oldik. Har qanday holatda futbolchi o‘zini bunday tutmasligi kerak. Kerakli so‘zlarni aytib o‘tdik. Ayrim joylarda hakamlar "Nasaf"ga yordam beryapti deb yozishmoqda. Vaholanki, 3 o‘yindan beri qizil kartocha sababli o‘yinni bir kishi kam bo‘lib tugatyapmiz. Bu haqida esa hech kim hech kim yozmayapti, ham. Bugun ham kam bo‘lib ham ishtiyoq so‘ngani yo‘q. Sherzodning o‘zini tutishini biz qoralaymiz. Jamoani og‘ir ahvolda qoldirdi.

- Boburni nega almashtirdingiz?

- Hujumchi gol urishi kerak. Boburda 4 ga yaqin imkoniyat bo‘ldi. Abduxoliqovni maydonda kam bo‘lib qolgan paytda zaxiraga oldik. 3 ta himoyachi sxemasiga o‘tdik.

- Ikkinchi bo‘limda 4 futbolchi o‘zgartirdingiz va bu nimalarni o‘zgartirishi kerak edi?

- Qizil kartocha rejalarni o‘zgartirdi. Aslida, reja boshqacha edi. Charchaganlarni zaxiraga olib, hujumni kuchaytirmoqchi edik. Afsuski, avvalroq harakat qilishimiz kerak edi.

- "Nasaf" o‘rtamiyona jamoalar bilan qiynalayotgani raqibga past baho berganidanmi?

- Balki yuqori baho berganimizdandir. Masalan, "Bunyodkor" bilan bahsda 2:0 hisobida oldinda borayotgan edik, ammo keyin bo‘shashdik. Bugun ham birinchi goldan keyin bo‘shashdik. Kuchliroq jamoalarga qarshi futbolchilar katta kuch bilan harakat qiladi. Biz 2 ochko yo‘qotdik, ammo hali-hamon etakchimiz. Bu ishni bajarishimizga ishonamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Зарипов шоимкул
19/10/2024 08:01
БУ ШУНЧАКИ БИР ТУШГА УХШАЙДИ РУЗИКУЛ УЙИНГА НОТУГРИ ТАРКИБ ТАНЛАНГАН БОБИРНИ МАЙДОНДАГИ УРНИ ОЙБЕКНИ УЙИНДА ЮКОЛИБ КОЛИШИГА САБАБ БУЛДИ ШЕРЗОД ЧАРЧАГАН БУЛСА ДАМИНИ ОЛСИН АСАБИ ЖОЙИГА КЕЛАДИ УЗИНИ КУЧА БОЛАСИДЕК ТУТМАЙДИ ГОЛ УРИБ ОЛИБ УЙИННИ УЙИННИ БУТУНЛАЙ ТАШЛАБ КУЯПСАНЛАР СИЗЛАРГА МУХЛИСЛИК КИЛИШ УЧУН КАНЧА ОДАМ ВАКТИДАН КЕЧИБ ПУЛИДАН КИЧИБ СТАДИОНГА БОРАДИ АХИР МУХЛИСЛАРНИ ХАМ ХУМАТИ БОРДИР НАСАФ КЛУБИ РАХБАРЛАРИДАН БИЗ МУХЛИСЛАР ТАЛАБ КИЛАМИЗ ЖАМОА ВАКИЛЛАРИ БИЛАН УЧРАШУВ ТАШКИЛ КИЛИБ БЕРИНГ БУЛМАСА БУЛМАСАМ ЧЕМПИОНЛИК БАРБОД БУЛАДИ КЕЧА КУЛЛАРИНГДА УШЛАБ ТУРГАН ОШНИ ЛАГАНИ БИЛАН ТАШЛАБ ЮБОРДИЛАРИНГ ТУПРОККА КРИШИБ КОЛГАН ОШНИ ЕБ БУЛАДИМИ УЙНАНГ ХАРАКАТ КИЛИНГ МУХЛИСЛАР САБРИНИ СИНАМАНГ.