Ro‘ziqul Berdiev va Vadim Abramov Tailandda O‘zbekiston OTJ bilan uchrashdi

  • 18 yanvar, 2020, 22:51
  • Bekzod Isayev
  • 11
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabar berganimizdek, U-23 Osiyo chempionatida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun taniqli murabbiylarimiz Ro‘ziqul Berdiev hamda Vadim Abramov bugun Tailandga etib kelishdi. Har ikki mutaxassis biroz avval terma jamoamiz vakillari bilan uchrashib, ularni ruhlantirdilar. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

- Yigitlar, biz Toshkentda barcha o‘yiningizni ko‘rib turdik. Ha, Koreyaga qarshi o‘yin qiyin bo‘ldi. Lekin musobaqani kuzatib borayotgan mutaxassis sifatida shuni ayta olamanki, boshqa hech bir jamoaning Sizlardan ustun joyi yo‘q. Janob Drulovich yaxshi murabbiy. Ishonamizki, bu kishidagi bor tajriba Sizlarni kerakli natijaga erishishingiz uchun etarli. Buyog‘iga har bir raqibni “yanchib” tashlash kerak. Nasib qilsa, Koreyadan finalda revansh olamiz, – dedi “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev.

- Barchangizning imkoniyatingizni yaxshi bilamiz. Sizlar o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochishga juda yaqin turibsizlar. Buyog‘iga ham bo‘shashmasdan faqat olg‘a harakat qilish kerak. Uyda ota-onangiz va xalqimiz Sizlardan g‘alaba kutishmoqda, – dedi O‘zbekiston MTJ va “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov.

Ta’kidlash joiz, murabbiylar ertaga terma jamoamizning BAAga qarshi bahsi oldidan yigitlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishgan va Lyubinko Drulovich boshchiligidagi murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo halal berishmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Murodov Akrom
19/01/2020 12:16
Bugun UZB OLG'A
Дилшод Даврлнов
19/01/2020 11:43
Узб терма фудболчилари ютсин илойим омад ОМАД ОМАД
&
ОЗИМИЗ
19/01/2020 09:23
Боларга омат !досу душманди олдида юзлари ёруг болсин ота онаси багрига хурсанд бахтиёр кайтсин ота онасига ва мухлисларга бир умурга йетадигпн кувонч олиб келишсин илойим йигитларга ОМАТ ТИЛАЙМИЗ!!!
&
BBS UZB
18/01/2020 23:32
...Hamma gapni Ro'ziqul aka bilan Vadim akalar aytgani aniq
Murodov Akrom
18/01/2020 23:25
Nasib bulsa bu yil
CHIMPION

Nima deysizlar
Murodov Akrom
18/01/2020 23:21
UZBEKISTON GALABA QOZONSA

MEN MAHALLAMGA OSH BERAMAN
&
BBS UZB
18/01/2020 23:33
Mahallani manzili qani?
Murodov Akrom
18/01/2020 23:16
UZB OLG'A
FAQAT FINAL SIZLARGA. YARASHADI
VA NASAF
Murodov Akrom
18/01/2020 23:13
AFC U23
Faqat 80% NASAF