
RPL. 110 daqiqa davom etgan o‘yinda VAR "Rostov"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Rossiya chempionati 25-turi doirasida "Rostov" o‘z maydonida "Krasnodar"ni qabul qildi. O‘yinning birinchi taymida Bergning golidan so‘ng mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi.
Ikkinchi taymning qo‘shib berilgan daqiqalarida hakam VARga murojaat qilib, 101-daqiqadagina "Krasnodar" darvozasiga penalti belgiladi. Vaziyatdan Popov unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi.
Ushbu bahsni hamyurtimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda boshladi. U o‘yinning 59-daqiqasida sariq kartochka ishlab oldi va 62-daqiqada o‘z o‘rnini Dolgovga bo‘shatib berdi.
Fikrlar