
RPL. "Spartak" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Hozirgina Rossiya premer-ligasining yangi mavsum dastlabki turidan o‘rin olgan “Spartak” hamda “Sochi” jamoalari bahsi o‘z yakuniga etdi.
Moskvada kechgan bellashuv 2:2 hisobida jangovar bilan tugadi. “Spartak”ning gollarini Aleksandr Sobolev hamda Jordan Larrson kiritgan bo‘lsa, “Sochi”ning gollariga Dmitriy Poloz va Kristian Noboa mualliflik qildi. E’tiborlisi, mehmonlar har ikkala golni ham penaltidan kiritishdi.
Afsuski, “Spartak”dagi hamyurtimiz Oston O‘runov bugungi o‘yin qaydnomasidan ham joy olmadi.
Fikrlar