RPLda Artyom Dzyuba mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi

  • 31.05.2019 22:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" hujumchisi Artyom Dzyuba Rossiya Premer ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, - deya xabar bermoqda Sankt-Peterburg klubining rasmiy sayti.

Tecno

Artyom Dzyuba umumiy reytingda 182 ball to‘pladi: 43 nafar futbolchi uni birinchi o‘ringa qo‘ydi, ikkinchi o‘ringa 21 nafar va uchinchi o‘ringa 11 nafar futbolchi qo‘ydi. Ikkinchi o‘rinni Sardor Azmun (124 ball), uchinchi o‘rinni "Lokomotiv" dan Anton Miranchuk (58) egalladi.

Dzyuba "Zenit" tarkibidan ushbu nominatsiyani yutgan beshinchi futbolchiga aylandi. Ilgari "ko‘k oq"lardan Andrey Arshavin (2006), Konstantin Ziryanov (2007), Danni (2010) va Halk (2014/15) ushbu unvonga sazovor bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!