
"Rubin" nazorat bahsida premer-liga debyutantini enga olmadi, Denisov esa to‘liq o‘ynadi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Evroa milliy chempionatlari jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborishgan.
Jumladan, hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p suradigan “Rubin” Qozon shahrida Rossiya premer-ligasi debyutanti hisoblangan “Tambov” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. Futbolchimiz ushbu bahsda to‘liq harakat qildi. Afsuski, o‘yin 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi.
Ushbu uchrashuvda “Tambov” safida “Lokomotiv”ning sobiq legioneri Benito ham harakat qilganini ham ta’kidlash lozim.
“Rubin” – “Tambov” – 0:0 (0:0)
“Rubin”: Dyupin, Danchenko, Uremovich, Sorokin, Denisov, Konovalov, Podberezkin, Bashkirov, Sutormin, Davitashvili, Sagitov.
“Tambov”: Sheliya, Gogua, Osipenko, Tetrashvili, Shlyakov, Chuperka, Karasev, Kulik, Benito, Markelov, Appaev.
Fikrlar