Runi Angliya murabbiyligini Gvardiolaga topshirish kerakligini aytdi

  • 11 avgust, 2024, 17:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ueyn Runi Pep Gvardiola Angliyani boshqarishini istaydi.

- To‘g‘risini aytsam, Pepni ko‘rishni istardim. Menimcha, Angliya eng yaxshi murabbiylarni tanlashi kerak. Jamoaning o‘yinini hisobga olsak, Pep juda mos tushadi.

Aytgancha, Li Karsli vaqtinchalik murabbiy bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Men Li bilan "Everton"da birga o‘ynaganman, ikkalamiz ham yosh edik, u juda yaxshi inson va murabbiy. Li Angliya U21 jamoasida juda yaxshi ishladi. Shuning uchun u imkoniyatga loyiq deb o‘ylayman va agar u yaxshi ishlasa, balki terma jamoaning navbatdagi murabbiyiga aylanadi, - dedi Runi.

Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasining sobiq ustozi Garet Sautgeyt "Evro-2024" turniridan so‘ng jamoa murabbiyligidan o‘z hoxishi bilan ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!