Runi "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi bo‘ldi

  • 15 noyabr, 2020, 10:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Derbi Kaunti" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Filipp Kokuni iste’foga chiqardi.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, rahbariyat vaqtincha bosh murabbiy vazifasini Ueyn Runiga topshirdi. Endi u jamoani shug‘ullantiradi va bo‘lajak o‘yinlar uchun tarkibni tanlaydi. Aytish kerakki, ayni damda jamoada xo‘jayin almashishi kutilmoqda va bunday vaziyatda yangi bosh murabbiy tayinlanmaydi.

35 yoshli Runi “Derbi Kaunti” safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning jamoasi 11 turdan so‘ng Chempionship musobaqa jadvalida 24-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!