Runi Ronalduning munosabatidan hayratda

  • 16 noyabr, 2022, 16:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ueyn Runi Ronalduning tanqidlaridan hayratda. U doimo Krishni dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisidan biri deb ta’kidlab kelgan va portugalga nisbatan hech qanday adovati bo‘lmagan. Bu haqda “Sky Sport” nashri muxbiri Rob Dorsett xabar bermoqda.

Runi Ronaldu bilan “Manchester Yunayted”da deyarli 5 yil birga o‘ynagan. Ular Chempioanlar Ligasi va Angliya Premer-Ligasi kabi nufuzli sovrinlarni yutishgan.

Angliyalik sobiq hujumchi 2021 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U ayni damda “Di Si Yunayted” jamoasining murabbiyi hisoblanadi.

Ronaldu esa hali ham faoliyatini davom ettirmoqda va u ushbu mavsum barcha chempionatlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib 3 ta gol va 2 ta asisst amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!