
Runi va Terri nomzodi ko‘rib chiqilmoqda
"Derbi Kaunti" klubi "Chelsi"ning sobiq himoyachisi Jon Terri va "Manchester Yunayted"da o‘ynagan hujumchi Ueyn Runini bosh murabbiy lavozimiga nomzod sifatida qaramoqda.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, bu borada Terri nomzodi Runinikiga nisbatan yuqoriroq baholanmoqda. U hozir "Aston Villa"da bosh murabbiy assistenti hisoblanadi. Runi esa, ayni damda "Derbi Kaunti"da o‘ynovchi murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi kunda “Derbi Kaunti” xo‘jayinlari klubni BAA qirollik oilasiga sotishni rejalashtirmoqda.
“Derbi Kaunti” 14 turdan so‘ng 7 ochko to‘plagan holda Chempionship musobaqa jadvalida oxirgi - 24-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar