
Rustam Lutfullin boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi ham JCh-2026 saralash uchrashuviga tayinlov oldi
Xabaringiz bor, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Xitoy - Yaman uchrashuviga tayinlov olgani haqida ma’lumot bergan edik.
Saralashning ikkinchi bosqichidan o‘rin olgan Indoneziya – Filippin bellashuvida ham hamyurtlarimiz ish olib boradi. Bu haqda O‘zFHM matbuot xizmati xabar berdi.
Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar jamoasiga mazkur qiziqarli bahs ishonib topshirildi, unga qanotlarda Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynullin yordam bersa, yana bir vakilimiz Aziz Asimov zaxira hakami vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bellashuv 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 19:30 da start oladi.
Fikrlar