
Ryudiger "Real"da Iskoning raqamini oladi (foto)
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Antonio Ryudiger "Real" a’zosiga aylanganidan xabaringiz bor. Bugun futbolchi "qirollik klubi" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Shuningdek, u jamoada o‘zi uchun yangi raqam tanladi. Unga ko‘ra, himoyachi Iskodan qolgan 22-raqam ostida to‘p tepadi.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi"da Antonio 2-raqam ostida harakatlanardi.
Fikrlar