Ryudiger va Endrik o‘rtasida mojaro bo‘ldimi? Anchelotti javob berdi

  • 1 avgust, 2024, 17:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti Endrik va Antonio Ryudiger o‘rtasidagi mojaro haqidagi xabarlarni rad etdi.

Tecno

"Real Madrid"ning AQSh bo‘ylab gastrol safaridagi mashg‘ulotida Ryudiger 18 yoshli braziliyalik bilan qo‘pol o‘ynab va uni turtib yubordi. Shundan so‘ng, Ispaniya OAVlarida futbolchilar o‘rtasida mojaro paydo bo‘lgan deb xabarlar tarqatildi.

“Hech narsa bo‘lmadi, Ryudiger faqat Endrik bilan salomlashdi.

Mbappe mashg‘ulotlarga qo‘shilsa, unga ham shunday qiladi. Antonio ajoyib yigit”, - dedi “Real” bosh murabbiyi.

Yozgi turning ilk o‘rtoqlik uchrashuvida “Real” “Milan”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mavsum oldi tayyorgarlik doirasida madridliklar "Barselona" va "Chelsi"ga qarshi ham o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!