Saidazamat Mirsaidov: "Mavsumning so‘nggi bahsini ijobiy yakunlashga harakat qilamiz"

  • 27 noyabr, 11:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining so‘nggi, 30-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 24 yoshli mahoratli himoyachisi Saidazamat Mirsaidov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tecno

- Jamoamiz joriy mavsumning oxirgi bahsini “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur klublar printsipial raqib bo‘lganligi bois, turnir jadvalida qaysi o‘rinda bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar doimo shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan hamda bu safargi bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta. 

Bundan tashqari, toshkentliklarda kumush medalni qo‘lga kiritish imkoniyati saqlanib qolganligi uchun ham bo‘lajak uchrashuvning tomoshabop kechishi ehtimoli yuqori. 

Biz ham mazkur o‘yinda maydonga o‘zgacha ruh va ishtiyoqda tushib, g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashish, joriy mavsumning so‘nggi bahsini ijobiy tarzda yakunlashga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. 
Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. 

Fursatdan foydalanib, joriy mavsumda jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib bergan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va “Navbahor” klubi rahbariyatiga futbolchilar nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi Saidazamat Mirsaidov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!