
Saloh 90 daqiqalik o‘yinga qoniqmayapti
“Liverpul” forvardi Muhammad Saloh maydonda imkon qadar ko‘proq to‘p surishni xohlashini aytdi.
“Men maydonda 90 daqiqa emas, hatto 95 daqiqa o‘ynashni xohlayman. “Liverpul”ning joriy mavsumdagi tig‘iz taqvimi meni tashvishlantirmaydi. Ammo, har qanday holatda ham men jamoa murabbiylar shtabining tarkib borasidagi qarorlarini hurmat qilaman”, - dedi misrlik futbolchi Goal nashriga bergan intervyusida.
28 yoshli Saloh joriy mavsum APLda 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar