
Saloh bu borada Ronaldu va Jerrardga etib oldi
"Liverpul" etakchisi Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasi noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O‘tgan oyda misrlik yulduz 3 ta o‘yinda 4 ta gol va bitta assist qayt etgan.
Shunday qilib, Saloh APLda 6 marta oyning eng yaxshisi bo‘ldi. Futbolchi Stiven Jerrard va Krishtianu Ronalduga tenglashib oldi. Serxio Aguero va Harri Keyn ushbu sovrinning rekordchilari hisoblanishadi, ular 7 marta qo‘lga kiritishgan.
Joriy mavsumda 32 yoshli vinger Angliya chempionatida 14 ta o‘yinda 13 ta gol va 8 tagolli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar