Muhammad Salohdan zo‘r natija

  • 17 fevral, 2022, 14:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar ligasi nimchorak finalning dastlabki uchrashuvida “Inter” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining safar bahsida 20 hisobidagi g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.

Tecno

Milan shahrida kiritilgan to‘p 29 yoshli hujumchi uchun Chempionlar ligasidagi 50 uchrashuvdagi 33 gol sifatida qayd etildi.

Misrli to‘purar bu borada faqat ikki hamkasbidan ortda qoldi. “Bavariya” vakili Robert Levandovski qit’aning eng nufuzli turnirida 50 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 36 marotaba ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu “Real”da o‘ynagan davrida 50 ta bahsda 51 ta to‘p kiritgan.

Muhammad Saloh joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 9 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!