Saloh "Real"ga qarshi o‘yingacha tiklana oladimi? Futbolchining o‘zi javob berdi

  • 15 may, 2022, 23:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya kubogi finalidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Liverpul" (0:0, 5:6) uchrashuvida misrlik futbolchi Muhammad Saloh hamda Virjil van Deyk jarohat olgandi. 

Bilasiz, mavsum yakuniga qadar "qizillar"ni APL so‘nggi turidan o‘rin olgan o‘yin hamda Evropa chempionlar ligasi final bahsi kutib turibdi. 29 yoshli futbolchi EChLning hal qiluvchi uchrashuviga qadar tuzalishini aytdi. 

"Albatta, finalda o‘ynayman. Hammasi yaxshi", - dedi 29 yoshli vinger. 

Ma’lumot uchun, "Real" hamda "Liverpul" o‘rtasidagi bellashuv 28 may sanasida bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!