Salohning agenti: "Iltimos, yolg‘on xabar tarqatmang"

  • 19 mart, 2023, 16:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir  necha kun avval OAVda Muhammad Salohning "Liverpul"ni tark etib, Ispaniya klublaridan biriga o‘tish istagi borligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Bu xabarlarga uning agenti Rami Abbos izoh berdi.

Tecno

"Buni qaerdan oldingiz, bilmayman. Hatto Muhammad va men bu haqda gaplashmagandik. Iltimos, yolg‘on xabar tarqatmang", - dedi Abbos.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli misrlik hujumchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumni oladigan bo‘lsak, misrlik futbolchi "qizillar" safida 39 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol va 11 ta samarali uzatmani  amalga oshirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!