Salohning agentlari yangi klub bilan muzokaralar boshladi

  • 16.01.2025 17:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda. Bu haqda "Lequipe" jurnalistlari xabar qilishdi.

Manbaga ko‘ra, Misrlik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni mamlakat chempioni "Al-Hilol" klubi istamoqda. Klub vakillari Muhammadning agentlari bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan. Salohning "Liverpul" bilan shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum yakunida tugaydi.

Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida 32 yoshli hujumchi 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan (shundan 5 tasi penaltilardan) va 13 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!