Salohning O‘zbekiston MTJ sobiq bosh murabbiyidan maslahat so‘ragani yolg‘on bo‘lib chiqdi
“Liverpul” klubi forvardi Muhammad Salohning agenti Rami Abbas mijozining Kuper sabab 2018 yilda “Real” taklifini rad etgani haqida Misr terma jamoasining o‘sha paytdagi katta murabbiyi Xani Ramzi aytgan gaplarni mutlaqo inkor etdi.
“Muhammad o‘zining kelajak faoliyatini hech qachon sobiq murabbiylar bilan muhokama qilmagan”, - deydi agent.
Ektor Kuper 2015-2018 yillarda Misr terma jamoasini, keyin 2018-2019 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan.



Fikrlar