
Sambo. Hamyurtlarimiz jahon chempionatida 17 ta medal qo‘lga kiritdi
14-16 oktyabr kunlari Armaniston poytaxti Erevan shahrida yoshlar, o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. 23 ta mamlakat sportchilari qatnashgan ushbu chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vakillarimiz musobaqada umumiy hisobda 17 ta medal qo‘lga kiritishdi. Shularning 3 tasi oltin, 7 tasi kumush va yana 7 tasi bronza medallaridir.
Terma jamoamizda musobaqa yakuniga ko‘ra, sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Yoshlar:
Oltin:
-64 kg: Diyor Pirnazarov
-65 kg: Muxlisaxon Qodirberganova
Kumush:
-50 kg: Gulhayo Jo‘raeva
-72 kg: Mohigul Komiljanova
+98 kg: Asror Hamidov
Bronza:
-58 kg: Egambergan Iskandarov
-79 kg: Shoxjahon Temirov
-54 kg: O‘g‘ilxon Kenjaboeva
-59 kg: Feruza Bobokulova
O‘smirlar:
Oltin:
+98 kg: Maxmudjon Maxsudov
Kumush:
-71 kg: Shaxriyor Karimov
-65 kg: Muxlisa Turdieva
-59 kg: Feruza Bobokulova
Bronza:
-98 kg: Qutlimurod Numonov
-72 kg: Sevinch Maxmudjonova
-47 kg: Uybo‘lsin Hakimova
Kadetlar:
Kumush:
-46 kg: Ne’matjon Xudoyberganov.
Fikrlar