Sambo. Jahon chempionatining ikkinchi kunida uchta medal qo‘lga kiritdik!
Bishkek shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqa doirasida ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Kun davomida uch nafar hamyurtimiz medallar qo‘lga kirita oldi.
Kumush:
-72 kg: Gulina Obloqulova
-64 kg: Diyorbek Maydonov (parasambo)
Bronza:
-59 kg: Xurshida Abduvohidova (jangovar sambo)
Ertaga, 9 noyabrda so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston sambo assosatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar