
Samir Nasri "Sevilya" klubiga mazali taomlar va sohibjamol Ispan go‘zallari sabab o‘tganligini aytdi
Samir Nasri “Manchester Siti” jamoasini batamom tark eta olmasligini bilsada, “Sevilya”da to‘p surish har jihatdan yaxshi ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, frantsiyalik yarim himoyachi mazali taom va Ispan go‘zallari Angliyadagi besh yillik faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga asosiy undov bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.
- Mavsum uchun juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdim, ammo o‘zgarishni payti kelgan edi. So‘nggi mavsumda juda ko‘p qiyinchiliklarni boshimdan o‘tkazdim. Ketma-ket jarohatlar sabab yangicha hayotni boshlashni maqsad qilgan edim va boshqa jamoalar bilan bog‘lanishga harakat qilib ko‘rdim. Eng yaxshi taklif “Sevilya” jamoasidan bo‘ldi desam maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak. Chunki bu erda mazali taomlar va sohibjamol Ispan go‘zallari bor, deydi - “Manchester Siti” yarimhimoyachisi “Sevilya” klubining matbuot xizmatiga bergan intervyuvsida.
Fikrlar