Samvel Babayan: "Bunday temp futbolimiz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi"

  • 10 sentabr, 2022, 23:38
  • Javokhir Azimov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Navbahor" uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: 

Tecno

"O‘yin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Albatta, biz bundan yaxshiroq natijani xohlagandik, ammo bunga erisha olmadik. Bugun ikki ochko yo‘qotdik. Afsuski, sof o‘yin vaqti bor-yo‘g‘i 30 daqiqa bo‘ldi xolos. Bu futbol va unda ayyorona taktikalar bor. Menimcha, bunday temp futbolimiz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shogirdlarim g‘alaba qozonishni juda qattiq xohlagandi, ularga rahmat aytaman.

- "So‘g‘diyona" bilan kubok yarim finalida to‘qnash kelishingiz bugungi o‘yin uchun tanlangan taktikaga ta’sir ko‘rsatdimi?

Kubokdagi bellashuvgacha ancha vaqt bor. Bugungi taktika esa faqatgina shu bahs uchun tuzilgandi. Oktyabrdagi uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Jasur Yaxshiboev 90 daqiqa o‘ynamayotganiga sabab uning jismoniy holati tayyor emasligidami?

Jasur yarim yil davomida deyarli o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi. Uning ustiga, shaxsiy hayotida ham muammo yuzaga keldi. Shunga qaramay, bugun u maydonda o‘tkazgan daqiqalarida o‘zini maksimal ko‘rsatdi. Afsuski, u to‘liq o‘ynashga tayyor emas. Jasur so‘nggi turlarda o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatib, jamoamizga yordam berishiga ishonaman.

- Jamshid Boltaboev bugun maydonga tushganida, "Navbahor" markazni to‘liq egallab, g‘alaba qozonish imkoniyati osharmidi?

O‘yin oldidan Jamshidning tarkibdagi o‘rni va u etakchilarimizdan biri ekanligi haqida aytib o‘tgandim. Biroq bugun uning o‘rnida jamoa sardori harakat qildi va menimcha, Ahmedov ham ancha yaxshi o‘ynadi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ал-химик
11/09/2022 11:12
Аҳмедов, семириб кетганини қарая буни. Миллионда айтадию, шуларам футбалиста деб
Ishoq Ruziev
11/09/2022 17:52
Babayan senga hamma Nasafmas bir xil tempda 6ynaydigan, natija uchunchii futbolda usul, metod, taktika degan narsalar ham ro'l 6ynaydi, oyoqda 6ynashni bilasanmi 6zing?
&
Турсунов Рамазон
11/09/2022 11:10
Набахор узи кандай уйнаган булса Сугдиена хам шунга караб уйнади.Энди Бабаянни гапига каранг темпни гапиришига каранг Насаф ва Пахтакорга гол ургандан кейин ётиб олиб Арабча футбол уйнашга утиб олади.Буни билан узи узокка боролмайди.Чемпиенлар лигасига йул олса аник айтаман курасила гурухдан чиколмайди.Арабча футболи Осиега рол уйнамай колган .Кеча гол уролмагани учун чарчамади хам ётиб хам олмади.Узи шунака булади энди бохона килма Бабаян кулубла сани Арабча уйинингни билиб олди.
Абдурахман Абдувалиев
11/09/2022 17:39
Навбахорни Насаф ва Пахтакорга қарши ўйини кўрдингизми ўзи, сиз айтган ўйинларда явний устунлик қилди. Қанақа Араб футболи, футбол экспертларига ўхшаб ёлғонни аниқ ва тиниқ ёзаркансиз. Хақиқий Араб футболи Наманганда Сўғдиёна билан бўлган, жинни гол бўлгинча