Samvel Babayan: "Grigalashvili jamoa uchun jon kuydirib o‘ynayapti"

  • 6 aprel, 2022, 21:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca Cola Kubogi guruh bosqichi, 1-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Samvel Vyacheslavovichning o‘yin haqidagi fikrlari quyidagicha bo‘ldi.

Tecno

- Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston kubogi "A" guruhidan Superliga jamoalari o‘rin olishdi va ajoyib guruh yuzaga keldi. Bugungi o‘yin guruh bosqichi, 1-turining markaziy o‘yinlaridan biri bo‘ldi, ya’ni, bugun maydonda Superliganing ikki etakchi klubi bir-biriga qarshi maydonga tushdi. Raqibimiz kuchli, sifatli o‘yin namoyish etadigan, yaxshi ijrochilarga ega jamoa hisoblanadi. Superliganing o‘tgan turida mag‘lubiyatga uchragandik. Shu bois, bugun g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Ushbu zafar yigitlarga motivatsiya beradi, degan umiddaman.

Islom Kenjaboevning jarohati borligi bois, bugun maydonga tushmadi. U asosiy tarkib futbolchisi hamda jamoamizning keyingi o‘yinlarida yordam beradi.

Elguja Grigalashvili jamoamizda katta hajmdagi ishni bajarmoqda. U "Navbahor" uchun jon kuydirib o‘ynamoqda.

Maqsadimiz - "Navbahor"ning brendini tiklash, OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. O‘zbek futboli bayroqdori bo‘lgan "Navbahor"ni yana etakchilar safiga qaytarish, jamoa muxlislariga quvonch ulashish. Buni amalga oshirish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz.

"Navbahor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!