Samvel Babayan "Navbahor"ning 1-turni "Nasaf"ga qarshi o‘tkazishi haqida munosabat bildirdi

  • 12 fevral, 2022, 17:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha – 11 fevral kuni Coca-Cola Superliganing 2022 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, “Navbahor” dastlabki tur o‘yinini Namanganda Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Shu munosabat bilan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayanning qur’a haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik.

Tecno

- Kimga qaysi jamoa raqib bo‘lishi, mavsumni qaysi jamoaga qarshi boshlash muhim emas, baribir, barcha ishtirokchilar “uy-safar” tizimida o‘zaro ikkitadan o‘yin o‘tkazishadi. Qur’a 1-turda bizga “Nasaf”ni ro‘baro‘ qildi. Bu chempionatimizning o‘ziga xos xususiyatlarga ega, kuchli jamoalaridan biri, qarshiliklar so‘nggi yillarda barqaror natijalarga erishib kelishmoqda.

Asosiysi, arenalarga katta futbol qaytmoqda va muxlislar sevimli jamoalari o‘yinidan bahramand bo‘lishlari mumkin. Bilaman, eng samimiy va fidoyi ishqibozlarimiz mavsumning dastlabki rasmiy uchrashuvini intizorlik bilan kutishmoqda.

Superliga jamoalarining tarkiblarini sezilarli kuchaytirishayotgani, mavsum tayyorgarliklari qizg‘in kechayotganidan kelib chiqsak, chempionat qiziqarli kurashlarga boy tarzda kechishini taxmin qilish qiyinmas. Barchamiz futbol bayrami boshlanishini kutyapmiz, - dedi Samvel Vyacheslavovich.

 “Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
12/02/2022 18:27
Бабаян 1-турдаёк сокка килишни ва чемпионатни чайишни бошлайди