San’at Sharipov Adebayorga qiziqayotgan "Paxtakor" borasida: Nahotki, tarix dars bo‘lmasa

  • 19 dekabr, 2019, 15:20
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ancha vaqtdan beri Toshkentning "Paxtakor" klubi o‘z safini yanada kuchaytirish, bu borada "sherlar" e’tiborlarini Emmanuel Adebayorga qaratganliklari borasida xabarlar tinmayapti. Internet qidiruv tizimi wikipedia Emmanuel Adebayorni "Paxtakor"ga o‘tganini ma’lum qildi. Hujumchi 2020 yildan boshlab toshkentliklar sharafini himoya qilishi ko‘rsatilgan. Ammo hozircha klub transfer borasida ma’lumot bermagani borasida avvalroq xabar qilgandik.

Tecno

San’at Sharipov: Kichkina bir hodisa deb O‘zbekiston U-19 termasining murabbiyini ishdan olish bu oldindan tayyorlangan rejaga o‘xshaydi

O‘FAning sobiq birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi San’at Sharipov tvitterdagi o‘zining sahifasida ushbu xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

- Bir vaqtlar “Quruvchi” boshlab, keyinchalik “Anji” davom ettirgan yo‘lni endi "Paxtakor" tutayapti. "Pensiya"ga chiqayotgan futbolchini olib kelgandan ko‘ra, yoshlarni ko‘targan afzal emasmi? Rivaldo kelib halqaro maydonda hech narsa qilib bera olmadiyu. Nahotki, tarix dars bo‘lmasa, - dedi San’at Sharipov.

Emmanuel Adebayor "Paxtakor"ga o‘tdi?! (Foto)

4021575478209

Ma’lumot o‘rnida, San’at Sharipov shu yilning iyul oyida lavozimini tark etgandi.

Yaqindagina Adebayor Turkiya Superligasida "Kayserispor" safidagi oxirgi o‘yinini o‘tkazganini ma’lum qilgandi. U ushbu jamoa safida 2019 yilda 8 o‘yinda maydonga tushib, bir marta gol urdi xolos.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshlik futbolchi faoliyati davomida, "Arsenal", "Manchester Siti", "Real" va "Tottenxem" kabi nomdor jamoalarda to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
LEGIONER
19/12/2019 15:34
Bizda legionerlarning qanday o'ynashiga qarab emas kim ekanligiga etibor berishadi,lekin futbolda nomlar hech narsani hal qilmaydiku
Razzoqov Sodiq
19/12/2019 18:33
Yaxshi jon kuydirib gapirgan fudbolimiz yaxshiroq bo'lsin degandirda misollar ham keltirgan hech narsa demaganda birov urisharmidi
Отабек Усманов
20/12/2019 16:20
Yoshi o'tgan legionerlar nega kerak? Ular endi katta futbolga qadam bosayotgan yosh futbolchilar uchun kerak, bu legionerlar yoshlarga to'gri yo'l ko'rsatish, ularni qiziqishini oshirish va mahoratini oshirish uchun kerat. Siz aytayotgan halqaro maydondagi natijalar bu ikkinchi o'rindagi masala. Agar bizga natija kerak bo'lsa biz avval shu yoshi o'tgan legionerlardan ko'p yillik tajribani olishimiz kerak deb o'ylayman.Xammani o'ziga qaratayotgan Xiyoy futbo'liham aynan shu yo'ldan ketmoqda to'gri ular juda katta mablag sarflashyotgandil lekin maqsadligi katta halqaro maydon emas aksincha ichki chempionat, tajdiba, mahorat.
Davron Jenjayev
19/12/2019 16:14
yomon achishayobtimi demands sanatga ravshan aka ketiga tepib xaydab yuborgani alam qilib ogziga kegan gapni aytyapti
qaytangi nomdor uyinchila kelsa etibor kuchayadi oddiy misol xitoy