Sanches "Inter"ga o‘tadi
"Manchester Yunayted" klubi forvardi Aleksis Sanches faoliyatini "Inter"da davom ettirishga yaqin turibdi.
GianlucaDiMarzio.com sayti tarqatgan xabarga qaraganda “neradzurrilar” 30 yoshli chililik futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishishgan. Transfer yakunlanishi uchun endi faqatgina klublar o‘zaro bir qarorga kelib olishsa bas.
Ta’kidlash kerakki, “qizil iblislar” ham eng ko‘p maosh olib, umuman foyda keltirmayotgan futbolchini o‘zida saqlab qolmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Sanchesga shuningdek “Roma” ham da’vogarlik qilayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Sanches o‘tgan mavsum MYu safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar