
Sanchesh "Bavariya"dan ketmoqchi
"Bavariya" klubi yarim ximoyachisi Renatu Sanchesh jamoadan ketmoqchi.
Ma’lumotga qaraganda, Sanchesh maydonga kam tushayotganidan norozi, ustiga-ustak klub Filippe Koutinoni olib keldi. Bundan tashqari jamoa bosh murabbiyi Niko Kovach bilan munosabatlari biroz buzilgan.
"Hozirda vaziyat men uchun yaxshi emas. Ikkinchi marta meni boshqa klubga sotishni istashmadi. Maydonda besh daqiqagina o‘ynash bu men juda kam," - dedi Sanchesh.
Eslatib o‘tamiz, qishgi transfer oynasida yarim ximoyachi PSJga o‘tishi mumkin edi, ammo yakunda myunxenliklar uni sotishmagan.
Bundesliganing ilk turida "Gerta"(2:2)ga qarshi bahsda Sanchesh 6 daqiqa maydonda harakat qildi.
Fikrlar