Sane "Ayntraxt"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmoqchi

  • 20.10.2020 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” vingeri Leroy Sane Bundesliga doirasidan o‘rin olgan “Ayntraxt”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Myunxenliklar ustozi Xans-Diter Flik Sanening tiklanish jarayoni haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Bu qachon sodir bo‘lishini aniq ayta olmayman. Ammo uning sport formasi ajoyib ko‘rinmoqda. U shug‘ullanmoqda”, - dedi Flik.

Bild nashrining yozishicha, Sane to‘p bilan 50 daqiqa mashg‘ulot o‘tkazgan va o‘zini yaxshi ko‘rsatgan. Biroq u ertaga “Atletiko”ga qarshi bo‘ladigan EChL guruh bosqich uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!