Sane yana APLga qaytishi mumkin

  • 04.10.2024 23:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nyukasl" klubi "Bavariya"ning 28 yoshli vingeri Leroy Sanaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, nemis futbolchisining "qarg‘alar" safiga o‘tishi ko‘p jihatdan jamoaning joriy mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo‘l olish yoki olmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, Leroy "Bavariya"ni tark etish haqida o‘ylay boshlagan, chunki u jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgan.

Sane joriy mavsum “Bavariya” safida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, jami 78 daqiqa maydonda harakat qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million evroni tashkil qiladi.

Ta’kidlash kerakki, Sane uchun APL begona emas. Bois u "Bavariya"ga "Manchester Siti"dan ko‘chib o‘tgan va "shaharliklar" tarkibidagi yorqin o‘yinlari bilan muxlislarga tanilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!