Sane yangi mavsumni "Bavariya"da boshlashi mumkin
"Manchester Siti" klubi vingeri Leroy Sane jamoasini o‘zgartirishga jiddiy bel bog‘ladi.
AS nashrining xabar berishicha 23 yoshli germaniyalik futbolchi joriy mavsum etarli o‘yin amalyotiga ega bo‘lolmayotgani sabab boshqa jamoaga o‘tib ketmoqchi. Unga ko‘ra Sane "Bavariya"dan bo‘layotgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Qayd etish lozimki, myunxenliklar yozda jamoani tark etadigan Frank Riberi va Aren Robben kabi etakchi futbolchilariga munosib o‘rinbosar qidirishmoqda. Sane esa bu borada ularning asosiy transfer nishoniga aylangan.

Fikrlar