Sanjar Shoahmedov: Hali bizni ulkan g‘alabalar kutmoqda

  • 12 iyun, 2018, 09:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Lokomotiv" Superliga doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Bu safar "temiryo‘lchilar"ga AGMK klubi raqiblik qiladi.

"Lokomotiv"ning etakchilaridan biri Sanjar Shoahmedov mazkur o‘yin oldidan klub rasmiy saytiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Raqib haqida:
- Bizni oldinda AGMKga qarshi to‘qnashuv kutib turibdi. Ushbu match oldidan barchaning kayfiyati yaxshi, jarohat olgan futbolchilarimiz yana safga qaytdi. O‘yinga barcha 100 foiz tayyor va biz ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Birinchi davradagi mag‘lubiyat haqida:
- Birinchi davradagi mag‘lubiyat ertangi o‘yinga ta’sir qilmaydi. Chunki bu futbol. O‘tgan g‘alaba va mag‘lubiyatni unutib yangi g‘alabalar uchun harakat qilish kerak.

O‘z o‘yini haqida:
- Har bir uchrashuvda maksimal kuch bilan o‘ynashga harakat qilayapman. Bu qanchalik yaxshi yoki yomonligini maydonda o‘tirgan muxlis va mutaxasislarga ayon. Raqib kimligini axamiyati yo‘q. Hali oldinda bizni ulkan g‘alabalar kutayotganiga ishonchim komil, - dedi tajribali futbolchi klub rasmiy saytiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!