Sardor La Liganing mashhur klubiga o‘tadi

  • 27 aprel, 2021, 23:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Zenit” hujumchisi Sardor Azmun faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Gol Digital nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli eronlik futbolchini “Valensiya” o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Ammo “ko‘rshapalaklar” buning uchun avval Maksi Lopes bilan xayrlashishi kerak. “Valensiya” urugvaylik futbolchini 25 mln evroga sotishni rejalashtirmoqda. Undan tushadigan mablag‘ evaziga aynan Azmun sotib olinadi.

Azmun joriy mavsum “Zenit” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 16 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali Azmunning transfer narxini 23 million evroga baholamoqda. Bundan avvalroq, unga A Seriya klublaridan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
27/04/2021 23:50
Ўзимизни Сардор Рашидовми деб юрагим қинидан чиқиб кетай деди. Шошилиб кирсам АЗМУН экан.