Sardor Rashidov jiddiy jarohat oldimi? Futbolchining o‘zi javob berdi

  • 27 fevral, 2022, 18:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval "Paxtakor" Superkubok bahsida "Nasaf"ni mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng "sherlar" futbolchisi Sardor Rashidov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

Tecno

- 20-daqiqada jarohat oldim. Menimcha, u qadar jiddiy emas. Ertaga tekshiruvdan so‘ng barchasi aniq bo‘ladi.

- Bugun qiyin o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoaga ham oson bo‘lmadi va biz yakunda muvaffaqiyat qozondik.

- Maydon juda yaxshi holatda. Shuningdek, muxlislarga ham rahmat. Butun stadionni to‘ldirishdi va ikkala jamoaga ham muxlislik qilishdi.

- "Nasaf" kecha aytib o‘tganimdek juda yaxshi jamoa va chempionatda "ajdarlar" yuqori o‘rinlar uchun kurashadi, degan umiddaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!