Sarvarbek Zafarjonov 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga ega chiqdi
Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tyapti.
Jahon chempionati sovrindori, V Islom birdamlik o‘yinlari g‘olibi, tajribali sportchimiz Sarvarbek Zafarjonov bu safar ham sovrindorlar qatoridan joy olmoqda.
Hozirgina -88 kg vazn toifasida dast ko‘tarish bahslari yakuniga etdi va Sarvarbek 161 kg og‘irlikni muvaffaqiyatli ko‘tarib, kumush medal sohibiga aylandi!
Siltab ko‘tarish mashqida esa 202 kg bilan barchani ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, ikki kurash natijasiga ko‘ra ham 363 kg bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Zafarjonov VI Islom Birdamligi o‘yinlarini 1 ta kumush va 2 ta oltin medal bilan yakunladi!



Fikrlar