
Saudiya Arabistoni chempionati. Bugun Jaloliddin Masharipov jamoasi muhim o‘yinda maydonga tushadi
Bugun Saudiya Arabistoni chempionatida 16-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi safarda "Damk" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:50da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, 15-turdan so‘ng "Al-Nassr" 26 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda, 4-o‘rindagi "Damk" hisobida ham 26 ochko mavjud. Masharipov joriy mavsum 12ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar