Saudiya Arabistoni chempionati. Masharipov Ederga qarshi!

  • 20 noyabr, 2021, 13:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Saudiya Arabistoni chempionatida 12-tur o‘yinlari davom ettiriladi.   

Tecno

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi o‘z maydonida "Al-Raed" jamoasini qabul qiladi. "Al-Raed" safida o‘z goli bilan Portugaliya terma jamoasini Evropa chempioni qilgan Eder to‘p tepadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:40da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, 11-turdan so‘ng ikkita o‘yin kam o‘tkazgan "Al-Nassr" 13 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda, 5-o‘rindagi "Al-Raed" hisobida esa 17 ochko mavjud. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!