Saudiya Arabistoni g‘alabali yurishini davom ettiradi
"JCh-2022" saralashi Osiyo mintaqasi 4-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Xitoy bahsi yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda saudiyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Al-Naji gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqada uning o‘zi oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Guofu farqni qisqartirdi. 73-daqiqada Al-Buraykan hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. 2-bo‘lim so‘nggida xitoylik U Sinning goli bellashuvda oxirgisi bo‘ldi.
Ochkolari sonini 12 taga etkazib olgan Saudiya ayni damda "B" guruhida etakchilik qilmoqda. Xitoyda hozircha 3 ochko bor va ular 5-o‘rinda joylashgan.



Fikrlar