
Saudiya Pro-ligasi. "An-Nasr" Mane va Ronalduning gollari evaziga "Al-Ittihod"ni engdi
Saudiya Pro-ligasining 4-turidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - "An-Nasr" klublari o‘rtasidagi markaziy bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Mazkur to‘qnashuvda mehmonlar 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Dastlab, uchrashuvning 9-daqiqasidayoq senegallik hujumchi Sadio Mane Komanning uzatmasini golga aylantirdi. 35-daqiqaga kelib esa Krishtianu Ronaldu oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Ushbu ikki gol o‘yin taqdirini hal qilgan holda, "An-Nasr"ga 3 ochkoni taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu bellashuvdan so‘ng "An-Nasr" 100 foizlik natija bilan peshqadam bo‘lib turibdi (12 ochko). Ikkinchi o‘rindagi "Al-Ittihod"da esa 9 ochko mavjud.
- Saudiya Arabistoni - Pro Liga
- Joriy Mavsum

Al Ittihod
Tugadi
0
:
2
26.09.2025 23:00

An Nasr
- Cristiano Ronaldo 35'
- Sadio Mané 9'
Fikrlar