Saul Alvares hamda Kallum Smit jangi to‘liq davom etdi

  • 20.12.2020 11:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Vazn toifasidan qat’iy nazar dunyoning kuchli bokschilaridan biri “Kanelo” o‘zining nabatdagi jangini o‘tkazdi. Unga  bu safar Kallum Smit (27-2,19 KO) raqiblik qildi.

Tecno

Alvares o‘rta vazn (72.5 kg) toifasida WBA chempioni, Smit esa ikkinchi o‘rta vaznda (76.2 kg) WBA sohibi edi.  Ushbu qarama-qarshilik  76.2 kg vaznda vakant bo‘lib turgan WBC kamari uchun kechdi. 12 raund davom etgan ushbu to‘qnashuvda Saul Alvares (54-1-2, 36 KO) hakamlarning tomonidan qayd etilgan 119-109, 119-109, 117-111 natijasi bilan navbatdagi g‘alabasiga erishdi.

Shu tariqa meksikalik bokschi o‘zining 54-g‘alabasiga erishgan bo‘lsa, Smit faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!