Saul MYu taklifidan xursand bo‘ldi
"Atletiko" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Saul Nigez o‘zi atrofida aylanayotgan transfer yangiliklari haqida fikr bildirdi:
"Men juda ham xursandman. "Manchester Yunayted" va shu qatordagi ba’zi katta klublarning menga qiziqish bildirishi yoqimli. Bu men "Atletiko"da barchasini to‘g‘ri bajarayotganimni anglatadi", - dedi futbolchi.
Futbolchi yakuniga etgan mavsum "matraschilar" safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar