"Sautgempton" ham EChL finalchisi, isbotlab beramiz

  • 2 iyun, 2019, 16:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi finalida "Liverpul" va "Tottenxem" jamoalari uchrashdilar. Angliya futbolining g‘alabasi; yana bir sababi sakkiz finalchi Premer-liganing boshqa bir jamoasi "Sautgempton" bilan bog‘liq. Ular orasida darvozabon, himoyachilar, yarim himoyachilar, hujumchi va murabbiylar ham bor. Bundan tashqari, chempionlar ligasi pley-offlarida "Sautgempton"dan boshqa vakillar ham bor edi.

Tecno

2012 yildan 2017 yilgacha Paulo Gassaniga "Sautgempton" tarkibida to‘p surib, 2.000.000 evro evaziga "Tottenxem" klubiga ko‘chib o‘tgandi.

2015 yildan 2018 yilgacha Virjil Van Diyk ham "Sautgempton"da to‘p tepgan. "Liverpul" Van Diyk uchun 85.000.000 evro to‘lagan.

2013 yildan 2014 yilgacha qisqa muddat bo‘lsa-da, "Sautgempton" uchun hizmat ko‘rsatgan Deyan Lovren, 25.000.000 evro evaziga "Liverpul"ga transfer qilingan.

2013-2016 yillari Viktor Vanyama "Sautgempton"da faoliyat olib borgan va 14.000.000 evro evaziga "Tottenxem" uni sotib olgan.

"Sautgempton" klubi tarbiyalanuvchisi Adam Lallana 2014 yilgacha klubga xizmat qildi. Oxir oqibat Lallanani "Liverpul"ga 31.000.000 evroga qo‘yib yuborishdi.

"Sautgempton"ning yana bir tarbiyalanuvchisi Aleks Oksleyd Chemberlen 2011 yilgacha klubda to‘p surdi va 14.000.000 evroga "qizillar" sotib olishgan.

2014-2016 yillari "Sautgempton"da faol o‘yini bilan barchani e’tiboriga tushgan Sadio Mane 41.000.000 evro evaziga "Liverpul" tomonidan sotib olindi.

"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ham "Sautgempton" klubida 2013-2014 yillari ishlagani e’tiborni tortmay qolmaydi.

Bonus: bundan tashqari ChL pley-off o‘yinlarida faol o‘ynagan boshqa futbolchilar ham bor.

2014-2018 yillarda "Sautgempton" hujum chizig‘ida to‘p tepgan Dushan Tadich, 11.000.000 evro evziga "Ayaks" jamoasiga o‘tgan va Tadich bu mavsum ChLda nimalar qilganligini barchamiz ko‘rdik.

"Sautgempton" tarbiyalanuvchilari orasida jahon yulduzi darajasiga chiqishga erishgan Garet Beyl 2007 yilgacha klubda faoliyat olib bordi va "Tottenxem" uni 15.000.000 evroga sotib oldi. So‘ngra mo‘maygina pul evaziga "Real Madrid" tarkibiga borib qo‘shildi

Mashxur tarbiyalanuvchilardan biri Lyuk Shou 2014 yilgacha "Sautgempton"da o‘ynadi va 38.000.000 evroga "Manchester Yunayted" klubiga transfer qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!