Sebalos: "Gavi qizil kartochka olishi kerak edi"
La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan "Barselona" - "Real" bahsida kataloniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Ushbu uchrashuvdan keyin futbolchilar o‘z terma jamaolariga yo‘l olishdi. Ispaniyadan chaqiruv olgan yarim himoyachi Sebalos "el-klasiko"dagi bir epizod haqida gapirdi.

"Ushbu vaziyatda Gavi qizil kartochka olishi kerak edi. U bilan gaplashib olganmiz. Maydondagi narsa o‘sha erda qoladi. Gavi bilan muammo yo‘q. Biz bir-birimiz bilan qo‘shni shahardanmiz. U mendan 10 km uzoqlikda yashaydi", - dedi Sebalos.
Mish-mishlarga ko‘ra, "el-klasiko"dagi qarama-qarshilik Ispaniya mashg‘ulotlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda va futbolchilar guruhlarga bo‘linib olmoqda.

Fikrlar