Sensatsiya! "Aston Villa" 2-liga vakiliga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi
Angliya Kubogi 3-raundidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Stivenij" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida kuchli raqibidan ustun keldi.
Dastlab, 33-daqiqada Morgan hisobni ochdi. Uchrashuv yakuniga yaqin Rayd hamda Kempbell tomonidan kiritilgan gollar 2-liga vakiliga g‘alaba keltirdi.
Birmingemliklar o‘z yurishini shu erda to‘xtatadigan bo‘ldi. "Stivenij" esa keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.



Fikrlar