Sensatsiya: Neymar “Barsa”ning ashaddiy raqibi “Real”ga o‘tadigan bo‘lyapti

  • 26 noyabr, 2024, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi katta maosh olayotgan, lekin jarohatlar tufayli jamoaga kutilgan darajada yordam bera olmayotgan Neymar bilan orani ochiq qilishga urinmoqda.

Braziliyalik yulduzning o‘zi ham Osiyo futbolini tark etish borasida bir qarorga kelib bo‘lgan.

Avvalroq, 32 yoshli o‘yinchining AQSh yoki Braziliyaga ketishi haqida ma’lumotlar chiqarilgan edi.

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, Neymarning fikri o‘zgargan. U Ispaniya chempionatiga qaytishni orzu qilyapti. Bu safar mashhur hujumchi o‘zi o‘ynagan “Barselona”ga emas, balki ashaddiy raqib “Real” safiga qo‘shilmoqchi.

Manbaning  ta’kidlashicha, Neymar hamyurti Vinisius Junior va PSJda o‘zi bilan birga to‘p tepgan Kilian Mbappening yonida o‘ynashni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!