
"Sepaxon" murabbiyi "Paxtakor" qay tarzda mag‘lub etilgani haqida gapirdi
OChL guruh bosqich 1-turida "Paxtakor" Eronning "Sepaxon"ga imkoniyatni boy berdi - 1:3. Uchrashuvdan so‘ng forslar ustozi Muharram Navidkiya o‘yin borasida fikr bildirdi. OFK rasmiy sayti murabbiyning fikrlarini taqdim etdi.
- Birinchi bo‘limda texnik va taktik jihatdan zaif o‘yin ko‘rsatdik. Bunda raqib chiroyli tarzda foydalangan tezkor hujumi natijasida gol o‘tkazib yuborishimizga olib keldi. Tanaffusda futbolchilarga diqqatni jamlash va raqibga bosim o‘tkazish, ularga bo‘sh hududlar qoldirmaslik kerakligi haqida ko‘rsatma berdim. Shunday qilib biz ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ulardan foydalandik, ketma-ket uchta gol urdik.
O‘ylaymanki, bu g‘alaba juda muhim va o‘yinchilarga kuchli jamoalarga qarshi bo‘lajak bahslarda ko‘proq ishonch bag‘ishlaydi, - dedi murabbiy.
Fikrlar