"Sevilya" futbolchisini muddatidan avval ortga qaytarib yuborishdi

  • 18 yanvar, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sevilya” yarim himoyachisi Lukas Okampos yana ortga qaytadigan bo‘ldi.

Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 28 yoshli argentinalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olgan “Ayaks” uni muddatidan avval ortga qaytarishga qaror qildi. Ta’kidlash kerakki, Lukasning Amsterdam klubidagi faoliyati bor-yo‘g‘i to‘rt yarim oyni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Entoni jamoani tark etgach, "Ayaks" zudlik bilan o‘rinbosarga muhtoj edi va klub Okamposni joriy mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Biroq argentinalik yangi klubida muvaffaqiyatga erisha olmadi. Buni uning statistikasi ham ko‘rsatib turibdi: 6 ta o‘yin, shundan 4 tasi Niderlandiya chempionati va 2 tasi Chempionlar ligasi.

Ma’lumot uchun, Okampos 2019 yildan beri "Sevilya"da o‘ynab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!